Anqarada Turkiya va Rossiya delegatsiyalari muzokaralari bo'lib o'tdi

Muzokaralar kun tartibining eng asosiy mavzusi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish uchun xavfsiz yo‘lakning ishlashini ta’minlaydigan yo‘l xaritasi bo'ldi.

1839739
Anqarada Turkiya va Rossiya delegatsiyalari muzokaralari bo'lib o'tdi

 

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Turkiyaga tashrif buyurdi.

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li oliy martabali mehmon bilan poytaxt Anqaradagi prezident saroyida uchrashdi.

Uchrashuvida Qora dengizda don tankerlari uchun yaratiladigan xavfsiz yo’lak masalasi muhokama qilindi.

Tashrif doirasida ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy masalalar bilan bir qatorda, don mahsulotlari tankerlarining Qora dengizda xavfsiz sayohati, Qora dengiz va portlarga xavfsiz kirish va chiqish hamda Rossiya va Ukrainaning bu boradagi xavotirlari muhokama qilindi.

Shuningdek, Rossiya delegatsiyalari ishtirokida bo'lib o'tgan muzokaralarda Anqara-Moskva munosabatlari, 24-fevraldan beri davom etayotgan Rossiya-Ukraina urushidagi so’nggi vaziyat va mintaqaviy mavzular muhokama qilindi.

Biroq, muzokaralar kun tartibining eng asosiy mavzusi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish uchun xavfsiz yo‘lakning ishlashini ta’minlaydigan yo‘l xaritasi bo'ldi.

Har ikki tomonning ham urush sharoitida amalga oshiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish uchun xavfsiz yo‘lak tashkil qilish bilan bog’liq xavfsizlik xavotirlari mavjud.

Ukraina, ayniqsa Odessa viloyatidagi dengiz minalarining olib tashlanishi jarayonida yuzaga keladigan xavfsizlik muammosidan, Rossiya esa Ukrainaga qurol olib ketayotgan don mahsulotlari tankerlaridan xavotirda.

Muzokaralar chog'ida tankerlarning Qora dengizda xavfsiz sayohati, Qora dengiz va portlarga xavfsiz kirish va chiqish masalalari ham muhokama qilinadi.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovga tashrifi davomida harbiy delegatsiya hamrohlik qilmoqda.

Lavrov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasi ayni vaqtda Turkiya Milliy Mudofaa vazirligi harbiy vakillaridan iborat delegatsiya bilan ham uchrashishi rejalashtirilgan.

 



Aloqador xabarlar