Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Turkiyaga tashrif buyuradi

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Anadolu axborot agentligiga bergan intervyusida ma'lum qilgan.

1835324
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Turkiyaga tashrif buyuradi

 

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 8-iyun kuni Turkiyaga tashrif buyuradi.

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Anadolu axborot agentligiga bergan intervyusida ma'lum qilgan.

Vazir Chavusho’g’lining so'zlariga ko'ra, Sergey Lavrovning tashrifi doirasida Ukraina portlaridan bug‘doyni xavfsiz olib ketish masalasi, shuningdek Qora dengiz va Azov dengizlarida xavfsizlikni ta’minlash, ularning suvlarida mina xavfini bartaraf etish masalalari muhokama qilinadi.

Tashqi ishlar vaziri, shuningdek, 24-fevraldan beri davom etayotgan Rossiya-Ukraina urushida tomonlarni yana muzokaralar uchun birlashtirish yo'lida sa'y-harakatlarni davom ettirganligini bildirdi.



Aloqador xabarlar