Erdo‘g‘an:"Shvetsiya va Finlyandiya muzokaralari biz kutgan darajada bo‘lmadi”

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Shvetsiya va Finlyandiya delegatsiyalari bilan ushbu mamlakatlarning NATOga a’zo bo‘lish masalasi bo‘yicha muzokaralar natijalaridan norozi ekanini aytdi.

1834552

“Afsuski, delegatsiyalar uchrashuvi biz kutgan darajada bo‘lmadi”, deb aytgan Turkiya prezidenti.

Erdo‘g‘an Finlyandiya va Shvetsiyani terrorchilarni himoya qilganlikda aybladi.

“Erdo‘g‘an Turkiya Prezidenti ekan, biz terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi mamlakatlarning NATOga kirishiga “ha” deya olmaymiz”, deya qo‘shimcha qilgan Erdo'g'an.

Eslatish joizki, 25 may kuni Anqarada Turkiya, Shvetsiya va Finlyandiya o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Turkiya Prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Kalin xavfsizlikka oid choralar ko‘rilmasa, Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga a’zo bo‘lish tashabbusi oldinga siljimasligini ma'lum qildi.

Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Finlyandiya , #Shvetsiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar