Finlyandiya prezidenti Erdo‘g‘an bilan gaplashib olishga tayyorligini bildirdi

Anadolu axborot agentligi xabar berishicha, Finlyandiya Prezidenti Sauli Niinistyo Erdo‘g‘anning Finlyandiyani terror tashkiloti PKKni qo‘llab-quvvatlash bo’yicha ayblovlarini muhokama qilishga tayyor.

1827470
Finlyandiya prezidenti Erdo‘g‘an bilan gaplashib olishga tayyorligini bildirdi

 

Finlyandiya Prezidenti Sauli Niinistyo Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an bilan mamlakatining NATOga a’zo bo’lishi masalasini muhokama qilishga tayyorligini ma’lum qildi.

Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar berdi.

Xususan, Niinistyo Erdo‘g‘anning Finlyandiyani terror tashkiloti PKKni qo‘llab-quvvatlash bo’yicha ayblovlarini muhokama qilishga tayyor. 

Ma’lumki, Finlyandiya NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza berish haqida rasmiy qaror qabul qildi.

Finlyandiya Prezidenti 12 may kuni mamlakat NATOga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlashi ma’lum bo‘ldi. NATO ham bu davlatni ortiqcha jarayonlarsiz tashkilotga olishga tayyorligini bildirdi.

Erdog'an Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga a'zolik jarayoni haqida juma kuni matbuot vakillariga bergan bayonotida,

"Biz hozirda Shvetsiya va Finlyandiya bilan bog'liq voqealarni kuzatib bormoqdamiz, ammo ijobiy fikrda emasmiz. Chunki, ular avval Gretsiya bilan NATO masalasida xato qilishgan. Oldingi ma’muriyatlar va Gretsiyaning Turkiyaga munosabatini bilasiz, ularning ortida NATO turibdi. Gretsiya NATOni qo'llab-quvvatlab Turkiyaga qanday munosabatda bo'lganini bilasiz. Turkiya, bu masalada ikkinchi xatoga yo'l qo'ymoqchi emas. Bundan tashqari, Skandinaviya davlatlari afsuski terror tashkilotlari uchun deyarli mehmonxonadek. PKK va DHKPC Shvetsiya va Gollandiyada makon topgan vaziyatda. Va hatto ular parlament ichiga ham kirib borgan. Shu sababli, bu masalada ijobiy nuqtai nazarga ega bo'lishimiz mumkin emas", degan edi.

 


Tanlangan kalimalar: #Sauli Niinistyo , #Erdo'g'an , #Finlyandiya

Aloqador xabarlar