Qozog‘iston Mudofaa vaziri general Ruslan Jaksilikov Turkiyada

Qozog‘iston Mudofaa vaziri general Ruslan Jaksilikov Qasim-Jomart Toqayevning tashrifi doirasida Turkiyada.

1824483
Qozog‘iston Mudofaa vaziri general Ruslan Jaksilikov Turkiyada

Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar Qozog‘iston Mudofaa vaziri general Ruslan Jaksilikov bilan uchrashdi.

Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning tashrifi doirasida hozirda Turkiyada bo‘lgan general Jaksilikov, poytaxt Anqarada vazirlik kiraverishida harbiy marosim bilan kutib olindi.

Akar bilan Jaksilikov ushbu qabul ortidan uyushtirgan uchrashuvda o‘zaro va mintaqaviy mudofaa va xavfsizlik masalalari ustidan fikr almashdi.

Uchrashuvda Akar tomonidan Turkiya va Qozog‘iston o‘rtasidagi mushtarak tarixiy qadriyatlar ta’kidlandi.

Ikki davlat oʻrtasida 2019-yili imzolangan strategik sheriklik shartnomasining munosabatlar uchun muhim yoʻnalish belgilaganini qayd etgan Akar, harbiy taʼlim sohasidagi hamkorlik va mudofaa sanoati sohalaridagi mavjud aloqalarni oshirishni davom ettirish muhimligiga e’tibor qaratdi.



Aloqador xabarlar