Hulusi Akar Ukraina Mudofaa vaziri Aleksey Reznikov bilan muloqot qildi

Suhbat chog’ida Turkiya Qurolli kuchlariga tegishli A400M samolyotlari va Ukraina portlarida kutib turgan savdo kemalarining Turkiyaga xavfsiz olib kirishni ta'minlash masalalari muhokama qilindi.

1824675
Hulusi Akar Ukraina Mudofaa vaziri Aleksey Reznikov bilan muloqot qildi

 

Turkiya Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar bugun, 10-may kuni Ukraina Mudofaa vaziri Aleksey Reznikov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Vazirlik tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, suhbat chog’ida Turkiya Qurolli kuchlariga tegishli A400M samolyotlari va Ukraina portlarida kutib turgan savdo kemalarining Turkiyaga xavfsiz olib kirishni ta'minlash masalalari muhokama qilindi.

Hulusi Akar o’z navbatida, Rossiya va Ukraina o'rtasida 24 fevraldan beri davom etayotgan urushda zudlik bilan o't ochishni to'xtatish zarurati va Turkiya Ukrainada tinchlik o'rnatish va insonparvarlik yordamini yetkazish bo’yicha o'z zimmasiga olgan vazifani bajarishda davom etishini aytdi.


Tanlangan kalimalar: #Hulusi Akar , #Ukraina , #Turkiya

Aloqador xabarlar