Mavlud Chavusho’g’li Gaitida o’g’irlab ketilgan turklar haqida bayonot berdi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Gaitida o’g’irlab ketilgan turklarni qutqarish uchun mamlakat rasmiylari bilan favqulodda operatsiya tashkil etilganini ma'lum qildi.

1824579
Mavlud Chavusho’g’li Gaitida o’g’irlab ketilgan turklar haqida bayonot berdi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Gaitida o’g’irlab ketilgan Turk fuqarolari haqida bayonot berdi.

Qayd etilishicha, Gaitida o’g’irlab ketilgan turklarni qutqarish uchun mamlakat rasmiylari bilan favqulodda operatsiya tashkil etilgan.

Mavlud Chavusho’g’lining so’zlariga ko’ra, Gaitida ichida 8 nafar Turkiya fuqarosi bo‘lgan yo‘lovchi avtobusi kimligi noma’lum qurolli kishilar tomonidan olib ketilgan.

"Biz ushbu ish yuzasidan o’zgarishlarni kuzatib boryapmiz. Ular hozir Gaitida inqiroz stolini tashkil qilishdi",-dedi Mavlud Chavusho’g’li.

O'g'irlanganlar evaziga pul talab qilinganini ifoda etgan Chavusho'g'li, Turkiya fuqarolarining sog'lig'i haqida hech qanday salbiy ma'lumot yo'qligini ta'kidladi.

U shuningdek, voqea bilan bog’liq holda Gaiti Tashqi ishlar vaziri Jean Viktor Geneus bilan telefon orqali muloqot qilganini ma’lum qildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Gaiti , #Turkiya , #Mavlud Chavusho’g’li

Aloqador xabarlar