TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

Turk Qurolli kuchlarining (TQK) terrorga qarshi kurashi, mamlakatda bo‘lganidek qo‘shni davlatlarda ham davom etmoqda.

1823877
TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

Suriya shimolida “Tinchlik bulogʻi, Firot qalqoni va Zaytun novdasi” amaliyoti olib borilgan hududlarga qarshi igʻvogar tusda oʻq uzgan PKK/YPG terror tashkilotiga a’zo 12 terrorist yoʻq qilindi.

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida ijtimoiy tarmoq orqali berilgan bayonotda:

“Suriyaning shimolida hujum uyushtirishga uringan terroristlarni xandaklarga koʻmishni davom etyapmiz! Tinchlik bulogʻi, Firot qalqoni va Zaytun novdasi amalyotlari olib borilgan hududlarga qarshi igʻvogar tusda oʻq uzgan PKK/YPG terror tashkilotiga a’zo 12 terrorist yoʻq qilindi”.-degan ifodalarga oʻrin berildi.



Aloqador xabarlar