Mavlud Chavusho’g’li Qirg’iziston TIV rahbari bilan muloqot qildi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li suhbat avvalida Jeenbek Kulubayevni Qirg’izistonning yangi tashqi ishlar vaziri etib tayinlangani munosabati bilan tabriklab, unga yangi lavozimida muvaffaqiyatlar tilagan.

1821198
Mavlud Chavusho’g’li Qirg’iziston TIV rahbari bilan muloqot qildi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li kecha, 1-may kuni Qirg’iziston Tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda Qirg’iziston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan yozma bayonotda qayd etildi.

Qayd etilishicha, yetakchilar suhbat chog'ida Ukraina inqirozini muhokama qildi.

Chavusho’g’li suhbat avvalida Kulubayevni tashqi ishlar vaziri etib tayinlangani munosabati bilan tabriklab, unga yangi lavozimda muvaffaqiyatlar tilagan.

“Tashqi ishlar vazirlari strategik sheriklik koʻrinishidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishdagi ijobiy dinamikani e'tirof etdilar”, — deyiladi xabarda.

Tomonlar strategik rejalashtirish bo‘yicha qo‘shma guruhning navbatdagi yig‘ilishini ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari darajasida o‘tkazishga kelishib olgan.

Shuningdek, joriy yilda ikki mamlakat davlat rahbarlari ishtirokida Oliy strategik hamkorlik kengashi yig‘ilishini Qirg‘izistonda o‘tkazish rejalashtirilgan.

Bayonotda, shuningdek, vazir Kulubayevning Rossiya va Ukraina o'rtasidagi taranglikka barham berish jarayonida Turkiyaning vositachilik roliga e'tibor qaratganligi bildirildi.



Aloqador xabarlar