TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

Turk Qurolli kuchlarining (TQK) terrorga qarshi kurashi, mamlakatda bo‘lganidek qo‘shni davlatlarda ham davom etmoqda.

1819894
TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

Suriya shimolida PKK/YPG terror tashklotiga a’zo 12 terrorist yo‘q qilindi.

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra, PKK/YPG a’zolarining Suriya shimolidagi “Tinchlik bulog‘i” va “Firot qalqoni” amaliyoti olib borilgan hududlarga qarshi hujum uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rayotgani aniqlangan.

Amaliyotda PKK/YPG terror tashkilotiga a’zo 12 terrorist yo‘q qilingan.

Bayonotda,

“Qahramon Turk Qurolli kuchlarimiz Suriya shimolidagi terror inlarini yer bilan yakson qilishni davom etmoqda”.-deyildi.

Boshqa tomondan, Turk Qurolli kuchlari Iroq shimolida uyushtirgan “Panja amaliyotlari” orqali terror tashkilotiga og‘ir zarba berdi.

Bundan 3 yil muqaddam ya’ni 2019-yilning 27-mayi kuni Hakurk bilan boshlab Sinat-Haftanin bilan davom etgan, Metina va Avashin-Basyan bilan keng tus olgan, oxiri Zap mintaqasi bilan yo‘l olgan Panja amaliyotlarida bugungacha 1 ming 67 nafar terrorist yo‘q qilindi.

Tunjelida esa PKKga qarshi, “Eren blokada-7” amaliyoti boshlatildi.

Ichki ishlar vazirligi bayonotiga ko‘ra, amaliyotda 622 nafar personal, 40 nafar maxsus topshiriqli harbiy ishtirok etmoqda.

Amaliyotning birinchi kunida Tunjeli viloyatining Buzlutepe hududida qidiruv va tintuv faoliyati natijasida aniqlangan 5 ta boshpanada tashkilotga oid ko‘plab hujjat va ro‘zg‘or buyumlari qo‘lga kiritildi.

Mamlakatda terrorni butunlay yo‘q qilish maqsadida olib borilayotgan blokada amaliyotlari, qarorli va muvaffaqiyatli ravishda davom etmoqda.

 



Aloqador xabarlar