Erdo'g'an Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan muloqot qildi

Prezidentlik Aloqa rahbariyati  tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, uchrashuvda Rossiya va Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) o'rtasidagi Turkiyadagi almashinuv va Ukrainadagi urush bilan bog'liq o'zgarishlar muhokama qilindi.

1819878
Erdo'g'an Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan muloqot qildi

 

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

Prezidentlik Aloqa rahbariyati  tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, uchrashuvda Rossiya va Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) o'rtasidagi Turkiyadagi almashinuv va Ukrainadagi urush bilan bog'liq o'zgarishlar muhokama qilindi.

Uchrashuvda Putin, kecha Turkiyada Milliy razvedka tashkiloti (MIT) koordinatsiyasi va nazorati ostida bo’lib o’tgan rus uchuvchi Konstantin Yaroshenko va AQSh dengiz piyodasi Trevor Rid almashinuvi uchun Prezident Erdo’g’anga minnatdorchilik bildirdi.

Prezident Erdog’an ham Turkiyaning bu almashinuvda vositachilik qilishi nafaqat tinchlik, muloqot va hamkorlikka bergan ahamiyatining belgisi, balki vositachilik missiyasi nuqtai nazaridan ham ma’noli ekanligini ta’kidladi. MITning tozalash jarayonida o'ynagan roliga ishora qilgan Erdo'g'an, razvedka bo'linmalari o'rtasidagi muvofiqlashtirish va yaqin dialogning davom ettirilishi kerakligini; Bu mintaqada gumanitar fojialarning oldini olish va barqarorlik muhitini o‘rnatishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Rossiya bilan Ukraina o‘rtasida 24-fevraldan beri davom etayotgan urushni tugatish uchun tashabbus koʻrsatishga va tinchlik yoʻlida vositachilik qilishga tayyor ekanliklarini ifoda etgan Prezident Erdogʻan, mintaqada mustahkam tinchlik oʻrnatishni xohlayotganliklarini ifoda etdi. Istanbul muzokaralarida erishilgan jadallikni imkon qadar tezroq amalga oshirish deya qayd etdi.

Prezident, Turkiyaning ikki qo'shni o'rtasidagi bu inqirozni yengib o'tish, tinchlik qaror topishi uchun qat'iyat va samimiyat bilan harakatlarini davom ettirajaklarini ta'kid



Aloqador xabarlar