Turkiya TIV rahbari Lotin Amerikaga safar qiladi

Mavlud Chavusho’g’lining tashrifi 23-29 aprel kunlariga mo’ljallangan bo’lib, unda Urugvay, Braziliya, Ekvator, Kolumbiya, Panama va Venesuela davlatlari o’rin olgan.

1816415
Turkiya TIV rahbari Lotin Amerikaga safar qiladi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Lotin Amerikada joylashgan olti mamlakatga rasmiy ziyorat amalga oshiradi.

Mavlud Chavusho’g’lining tashrifi 23-29 aprel kunlariga mo’ljallangan bo’lib, unda Urugvay, Braziliya, Ekvator, Kolumbiya, Panama va Venesuela davlatlari o’rin olgan.

Tashrif doirasida ushbu mamlakatlar bilan ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilinadi. Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashiladi.

Bundan tashqari, vazir Chavusho’g’lining tashrifi chog’ida Turkiya-Braziliya 6-Yuqori darajali hamkorlik komissiyasi va Turkiya-Venesuela 3-qo’shma hamkorlik komissiyasi yig’ilishlari bo’lib o’tadi.



Aloqador xabarlar