Mavlud Chavusho‘g‘li Putin va Zelenskiy uchrashuvi haqida ma'lum qildi

"Yaqin kunlarda Janob Prezident ikki mamlakat yetakchilari bilan muzokara o‘tkazadi. Bugun men Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan muzokara o‘tkazdim",-dedi Chavusho‘g‘li CNN Turk telekanaliga bergan intervyusida.

1815759
Mavlud Chavusho‘g‘li Putin va Zelenskiy uchrashuvi haqida ma'lum qildi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘lining bayonot berishicha, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo‘g‘an yaqin kunlarda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muzokara o‘tkazadi.

"Yaqin kunlarda Janob Prezident ikki mamlakat yetakchilari bilan muzokara o‘tkazadi. Bugun men Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan muzokara o‘tkazdim, kecha Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitrey Kuleba bilan suhbatlashgandim. Biz har doim aloqadamiz", – dedi Chavusho‘g‘li CNN Turk telekanaliga bergan intervyusida. 

"Bizning Janob Prezidentimiz ikkala mamlakatning ham yetakchilari bilan faol aloqada bo‘lib kelmoqda. Ularni o‘t ochishni to‘xtatishga erishish uchun imkon qadar tezroq uchrashuv tashkil etishga chaqirmoqda", – dedi Chavusho‘g‘li. 

"Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning uchrashuvi haqidagi taklif hali ham stol ustida turibdi", – dedi Turkiya tashqi siyosat idorasi rahbari.

"Hozir uchrashuv muddati haqida gapirish qiyin, lekin umid qilamizki, uchrashuv juda yaqin fursatda bo‘lib o‘tadi", – dedi u uchrashuv “istalgan daqiqada” bo‘lib o‘tishi mumkinligini qo‘shimcha qilar ekan.  


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Vladimir Zelenskiy , #Putin

Aloqador xabarlar