Turkiya bor imkoni bilan falastinlik qardoshlarini qo‘llab-quvvatlashni davom etadi

Rejep Tayyip Erdo‘g‘an an’anaviy tarzda, elchilar uchun alohida tashkil etilgan iftorlik dasturida nutq so‘zladi.

1814279
Turkiya bor imkoni bilan falastinlik qardoshlarini qo‘llab-quvvatlashni davom etadi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, Al-Aqsada nimalar bo‘layotganidan xabardorligi va bundan tashvishda ekanini qayd etdi.

Prezident-Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi Rejep Tayyip Erdo‘g‘an partiyasi qarorgohida an’anaviy tarzda, elchilar uchun alohida tashkil etilgan iftorlik dasturida nutq so‘zladi.

Prezident Erdo‘g‘an o‘z nutqida, Isroil askarlari tomonidan Quddusdagi Al-Aqsa jome’ masjidiga qarshi uyushtirilgan hujumga to‘xtaldi va bu haqida, Al-Aqsada nimalar bo‘layotganidan xabardorligi va bundan tashvishda ekanini qayd etdi. Shuningdek, “Umid qilamanki bundan keyingi jarayonda bularga takror duch kelmaymiz”,-degan ifodalarga o‘rin berdi.  

Erdo‘g‘an:

“Ummatining qonagan yarasi Falastin talabiga javob berishga, falastinlik qardoshlarimizni butun imkonimiz bilan qo‘llab-quvvatlashni davom etyapmiz”,-deya gapirdi.

Fanatik yahudiylar, 15-aprelda boshlagan va bir hafta davom etadigan Fisih bayrami munosabati bilan Isroil politsiyasi himoyasida Al-Aqsaga bo‘lgan bosqinlarini kuchaytirmoqda.

Al-Aqsada, bosqinlarga takbirlar bilan e’tiroz bildirishga harakat qilgan falastinliklar esa Isroil kuchlarining aralashuviga ma’ruz qolmoqda.



Aloqador xabarlar