ATAK vertolyotining ilk eksporti Filippinga yetkazib berildi

Türkiye ATAK vertolyotini birinchilardan boʻlib Filippinga eksport qildi.

1808169
ATAK vertolyotining ilk eksporti Filippinga yetkazib berildi

Turk Qurolli kuchlarining qiruvchi vertolyot ehtiyojini qoplash maqsadida ishlab chiqarilgan va ATAK deb nomlangan vertolyotining ilk eksporti Filippinga yetkazib berildi.

Filippin poytaxti Maniladagi topshirish marosimida qatnashgan Mudofaa sanoati rahbari Ismail Demir, ikki do‘st davlat uchun bunday tarixiy lahzaga guvoh bo‘lishdan baxtiyorligini bildirdi.

Ikki davlat oʻrtasida Mudofaa sanoati sohasida imzolangan hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum bilan bu boradagi hamkorlikning davlatlararo darajaga koʻtarilganini alohida taʼkidlagan Demir,

“Doʻstlik va umumiy manfaatlar asosida mudofaa sanoati hamkorligini rivojlantirish va mustahkamlash uchun imkon yaratdik. Bu maqsadni samarali amalga oshirish uchun Mudofaa sanoati boʻyicha qoʻshma ishchi guruhining birinchi yigʻilishini Türkiyeda yoki Manilada oʻtkazishni taklif qilaman”.-deya gapirdi.

Filippin Mudofaa vaziri Delfin Lorenzana ham ATAK vertolyoti, mamlakatining terrorizmga qarshi kurashini qo‘llab-quvvatlashini belgilab o‘tgan holda:

“Filippin Harbiy-havo kuchlarining orzusi amalga oshganidan juda xursandman ammo uyimizni to‘liq jihozlash uchun hali ko‘p yo‘l bosib o‘tishimiz kerak”.-deya gapirdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Türkiye , #Filippin , #ATAK , #eksport

Aloqador xabarlar