Rus hay’ati: Ukraina takliflarini oldik va uni Putinga yetkazamiz

Bugun Istanbulda uyushtiirlgan Rossiya-Ukraina muzokarasi o‘z nihoyasiga yetdi.

1803855
Rus hay’ati: Ukraina takliflarini oldik va uni Putinga yetkazamiz

Rossiya tomonidan Ukrainaga qarshi 24-fevral kuni boshlatilgan urush ortidan tomonlar navbatdagi muzokara uchun Istanbulga keldi.

Shahardagi Dolmabaxche saroyida bo‘lib o‘tgan ushbu muzokarada, Rossiya va Ukraina tomonining ham hay’at rahbarlari ham da hay’atlari uchrashdi.

Uchrashuv ortidan Rossiya hay’ati tomonidan berilgan bayonotda,

“Baʼzi moddalar ustidan hamfikrmiz. Ukraina takliflarini (Rossiya Davlat rahbari Vladimir) Putinga yetkazamiz. Tashqi ishlar vazirlari kelishib olgudek bo‘lsa unda Putin-(Ukraina Prezidenti Vladimir) Zelenskiy sammiti uyushtirilishi mumkin”.-degan ifodalarga o‘rin berildi.

Muzokaralarda ishtirok etgan Rossiya Mudofaa vaziri o‘rinbosari Aleksandr Fomin ham, Kiyev va Chernigov yo‘nalishidagi harbiy harakatlarni kamaytirish haqida qaror qabul qilganliklarini ma’lum qildi.

Ukraina muzokara hay’ati esa uchrashuv ortidan bergan bayonotida, 8 davlatni kafil davlat sifatida ko‘rish istagida ekanini bildirdi. Ular orasida Turkiyaning ham borligi ifoda etilar ekan ayni vaqtda Rossiya bilan tuzilgan shartnomaning kafil davlatlar ishtirokida imzolanishini qayd etdi.

Ukraina muzokara hay’ati so‘zlari yakunida quyidagi ifodalarga o‘rin berdi:

“NATO tarkibiga kirmaymiz lekin Yevropa ittifoqidan voz kechmaymiz. Kelishuvda hech narsa Yevropa ittifoqi tarkibiga kirishga monelik qilmaydi deyildi. Qrim masalasi hal qilinishi kerak. Qrim, ishg‘ol ostidagi mintaqadir”.

Ukraina hay’ati, Rossiyaga muzokara jarayonida kuchdan foydalanmaslikni taklif qilgani va bunga javob kutganliklarini ham ilova etdi.  

 



Aloqador xabarlar