TDJ-DITII, Kosovodagi muhtoj 2000 oilaga oziq-ovqat paketlari tarqatdi

Turkiya Diyanet Jamg'armasi (TDJ) va Germaniyada joylashgan Din ishlari bo'yicha Turk-Islom Ittifoqi (DITII) bu yil Ramazon (2 aprel-2 may) munosabati bilan Kosovoda muhtoj bo'lgan qariyb 2000 oilaga oziq-ovqat paketlari tarqatdi.

1802802

Kosovaning Prizren shahrida Turkiyaning Pristinadagi elchixonasi Diniy xizmatlar maslahatchisi hamkorligida uyushtirilgan yordam tarqatishda Turkiyaning Prizrendagi konsul oʻrinbosari İsmail Jenk Shen, DITII va TDJ koʻngillilari ishtirok etdi.

Diniy xizmatlar maslahatchisi o'rinbosari Bilal Jo’shkun, dini, irqi va mazhabidan qat'i nazar, muhtojlarga oziq-ovqat yordamini yetkazishga harakat qilganliklarini aytdi.

“Biz Kosovo muftiysi bilan hamkorlikda aniqlagan 2000 ga yaqin yordam paketlarini Kosovodagi muhtojlarga tarqatamiz. Bu yordam uchun barcha xayrixohlarga hamda Turkiya va Germaniyadagi musulmon birodarlarimizga minnatdorchilik bildiramiz” dedi.

TDJ vakili Abdulkadir Sulka, Ramazon oyida Bolqon davlatlari uchun turli tadbirlar uyushtirajaklarini bildirdi.

"Turkiya Diniy Jamg'armamizning "Mening sovg'am Qur'on" loyihasi doirasida Bolqonning barcha davlatlarida Qur'on tarqatamiz. Umid qilamizki, ushbu dastur doirasida ming Qur'on tarqatiladi”. Deya bildirdi.

DITII vakili Yakup Aydin ham xayriyachilarning ehsonlarini yetkazish imkoniga ega bo'lganliklarini ta'kidladi.

Ramazon oyi davomida Pristina va Mamusha hamda Prizren kabi munitsipalitetlar tomonidan aniqlangan muhtojlarga 2000 dona oziq-ovqat paketi yetkazib beriladi.

Tanlangan kalimalar: #Yordam , #Ramazon , #Kosova

Aloqador xabarlar