Erdo'g'an va Makron Ukrainadagi urushni birgalikda to'xtatishga kelishib oldi

Emmanuel Makron bu haqda Belgiya poytaxti Bryusselda NATO va G7 sammitidan keyin matbuotga bergan brifingda ma'lum qildi.

1801566
Erdo'g'an va Makron Ukrainadagi urushni birgalikda to'xtatishga kelishib oldi

 

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g’an bilan Ukrainada o’t ochishni to’xtatish va barqaror tinchlik o’rnatish uchun birgalikda harakat qilishga kelishib oldi.

Emmanuel Makron bu haqda Belgiya poytaxti Bryusselda NATO va G7 sammitidan keyin matbuotga bergan brifingda ma'lum qildi.

Erdo'g'an shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ham uchrashganini ifoda etgan Makron, Putin bilan uchrashgan yetakchilar bilan o'zaro kelishgan holda ish olib borilayotganligini ma'lum qildi.

Makron 24-fevraldan beri davom etayotgan Rossiya-Ukraina urushini to'xtatish bo'yicha Erdo'g'an bilan hamfikr ekanligini va bu inqirozni qisqa muddatda hal qilib bo'lmasligini bildirdi.

Ukrainada o’t ochishni to’xtatish va doimiy tinchlik o’rnatadigan kelishuvga erishish uchun Erdo'g’an bilan birga harakat qilishlarini ta’kidlagan Emmanuel Makron, ikki yetakchi sifatida Ukrainada, ayniqsa Mariupol shahrida mushtarak gumanitar operatsiya tashkil etishga qaror qilganligini qayd etdi. 

Ta'kidlanishicha, Erdog’an bilan Makron uchrashuvida boshqa mintaqaviy mavzular ham muhokama qilingan.

Fransiya yetakchisi, mavjud vaziyat Turkiya bilan bo’lgan noaniqliklarni bartaraf etish va oydinlik kiritish uchun imkoniyat ekanini qo'shimcha qildi.

U qolaversa, Liviya va Yaqin Sharq masalasida ham Turkiya bilan hamkorlikka asoslangan strategiya qayta belgilanishi mumkinligini aytdi.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Erdo'g'an , #Emmanuel Makron

Aloqador xabarlar