Hulusi Akar Bryusselda AQSh mudofaa vaziri bilan uchrashdi

Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy mudofaa va xavfsizlik masalalari, ayniqsa, 24-fevral kuni boshlangan Rossiyaning Ukrainadagi urushi va bunga doir so'nggi o'zgarishlar muhokama qilindi.

1796888
Hulusi Akar Bryusselda AQSh mudofaa vaziri bilan uchrashdi

 

Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar Bryusselda AQSh mudofaa vaziri Lloyd Jeyms Ostin bilan uchrashdi.

Mazkur uchrashuv NATO Mudofaa vazirlarining navbatdan tashqari yig'ilishi doirasida bo'lib o'tdi.

NATO qarorgohida amalga oshirilgan uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy mudofaa va xavfsizlik masalalari, ayniqsa, 24-fevral kuni boshlangan Rossiyaning Ukrainadagi urushi va bunga doir so'nggi o'zgarishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, mudofaa sanoati va harbiy ta'lim sohasidagi hamkorlikni yanada oshirishning ahamiyati ta'kidlandi.


Tanlangan kalimalar: #Hulusi Akar , #Turkiya , #AQSh

Aloqador xabarlar