Prezident Erdoʻgʻan: “Turkiya sifatida biz umid ramziga aylandik”.

Erdoʻgʻan poytaxt Anqarada oʻtkazilgan Vazirlar kengashi yigʻilishi ortidan bayonot bedi.

1796150
Prezident Erdoʻgʻan: “Turkiya sifatida biz umid ramziga aylandik”.

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan,

“Tashqi ishlar vazirimizni (Mevlut Chavushoʻgʻlu) bugun Rossiyaga joʻnatyapman. Ertaga Moskvada muzokaralar oʻtkazib, payshanba kuni Ukrainaga boradi”,-dedi.

Erdoʻgʻan poytaxt Anqarada oʻtkazilgan Vazirlar kengashi yigʻilishi ortidan bayonot bedi.

Erdoʻgʻan unda,

“Biz yetib kelgan nuqtada, inqirozlar va tarangliklar avj olgan bir paytda ham insoniy munosabatlarni hisobga olgan holda barcha tomon bilan gaplasha olyapmiz. Turkiya sifatida biz umid ramziga aylandik”,-deya gapirdi.

Prezident 11-13 mart kunlari Antaliyada uyushtirilgan Antaliya diplomatiya forumining eng diqqatga sazovor qismining Turkiya tashabbusi bilan Rossiya bilan Ukraina oʻrtasida uyushtirilgan uchrashuv ekanini ifoda etgan holda, buning diplomatiya nuqtai nazaridan alohida oʻringa ega ekanini qayd etdi.

Erdoʻgʻan oʻz soʻzida, Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻluning bugun Rossiyaga, ertaga esa Ukrainaga borishini ma’lum qildi.

Prezident Erdoʻgʻan shuningdek,

“Ertaga Polsha Prezidenti Anjey Sebastiyan Duda bilan uchrashamiz va uni shu yerda mehmon qilamiz”,-degan ifodalarga oʻrin berdi.

 



Aloqador xabarlar