Polsha prezidenti Anjey Duda Turkiyaga tashrf buyurdi

Erdog’an Polsha Prezidenti Anjey Duda bilan poytaxt Anqarada matbuot anjumani o'tkazdi.

1796786
Polsha prezidenti Anjey Duda Turkiyaga tashrf buyurdi

 

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, 24-mart kuni Belgiyaning poytaxti Bryusselda bo’lib o’tadigan NATO Liderlar Sammitida ishtirok etishini aytdi.

Erdog’an, Polsha Prezidenti Anjey Duda bilan poytaxt Anqarada o’tkazilgan mushtarak matbuot anjumanida so’zladi.

Muzokaralarimizda Ukraina-Rossiyadagi so‘nggi vaziyatni, shuningdek, ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qildik”. dedi prezident,

"Ikki NATO ittifoqchisi sifatida sammitda nima qilish mumkinligini qayta ko'rib chiqamiz. Urushni tugatish uchun diplomatik sa'y-harakatlar qilishga kelishib oldik. Mening tashqi ishlar vazirim bugun Moskvada muzokaralar olib bormoqda va ertaga Ukrainaga boradi". u aytdi.

Erdog'an,

24-mart kuni boʻlib oʻtadigan NATO yetakchilari sammitida ham Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi jarayon boʻyicha muzokaralar oʻtkazaman”. dedi.

Polshaning 2 million qochqinga eshiklarini ochib, namunali pozitsiya ko'rsatganini ifoda etgan Prezident Erdo'g'an, Dudani buning uchun tabrikladi.

Erdo‘g‘an Polsha bilan tijoriy aloqalarga to‘xtalar ekan:

"Tijorat hajmimiz epidemiyaga qaramay 8,3 milliard dollarga yetdi. 10 milliard dollarlik maqsadimizga juda yaqinmiz. Mudofaa sanoatidagi hamkorlikdan mamnunmiz. Polshalik do'stlarimiz Turkiyani Yevropa Ittifoqi munosabatlarida olg'a siljitishda konstruktiv munosabat ko'rsatishiga ishonaman."  Dedi.

Polsha prezidenti Dudadagi nutqida,

"Suhbatimizning eng muhim mavzusi - Ukrainadagi vaziyat. Turkiya geografik va siyosiy jihatdan juda muhim va mintaqada tinchlikni ta'minlashda muhim rol o'ynaydi. Ikkinchi Dunyo urushida  beri birinchi marta ko'rgan bu og'riqli tasvirlarni to'xtatishimiz kerak. Prezident Erdo'g'an bunga qo'shgan hissasi uchun. Sizga rahmat aytaman” dedi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar