Turkiya Rossiyaning otashkesim e’lonini mamnuniyat bilan qarshi oldi

Kalin, o‘zining Twitter sahifasida mavzu haqida bayonot berdi.

1791005
Turkiya Rossiyaning otashkesim e’lonini mamnuniyat bilan qarshi oldi

Prezidentlik apparati Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin, Ukrainada tinch aholining evakuatsiyasi uchun e’lon qilingan otashkesimni mamnuniyat bilan qarshi olganliklarini bildirdi.

Prezidentlik apparati Matbuot xizmati kotibi Kalin, o‘zining Twitter sahifasida mavzu haqida bayonot berdi va unda:

“Ukrainada tinch aholini evakuatsiya qilish uchun eʼlon qilingan oʻq uzishni toʻxtatish kelishuvini mamnuniyat bilan qarshi olyapmiz. Bu kelishuvning doimiy bo‘lishi va tinchlik muzokaralari natija berishi uchun Prezidentimiz yetakchiligida tashabbuslarimizni davom ettiramiz”,-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Rossiya Ukrainaning Kiyev, Mariupol, Xarkov va Sumi shaharlaridan tinch aholini evakuatsiya qilish uchun Moskva vaqti bilan soat 10:00dan boshlab o‘q uzishni to‘xtatganini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya askarlari 24-fevral kuni Ukrainaga qarshi hujum boshlatgandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Ukraina , #Ibrahim Kalin , #Rossiya , #otashkesim

Aloqador xabarlar