TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

Turk Qurolli kuchlarining (TQK) terrorga qarshi kurashi mamlakatda bo‘lganidek qo‘shni davlatlarda ham uzluksiz davom etmoqda.

1779654
TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

Suriya shimolidagi “Zaytun novdasi” va “Firat qalqoni” amaliyoti olib borilgan mintaqalarda PKK/YPG terror tashkilotiga a’zo 13 terrorist yo‘q qilindi.

Turk Qurolli kuchlari (TQK), terroristlarning ig‘vogar tusdagi ​​hujum tashabbuslarini jazosiz qoldirmayapti.

Milliy Mudofaa vazirligi maxsus topshiriqli askarlarning, “Zaytun novdasi” va “Firat qalqoni” amaliyoti olib borilgan mintaqalarda hujum uyushtirishga tayyorlanayotgan 13 nafar PKK/YPG a’zosini muvaffaqiyatli amaliyot yordamida yo‘q qilganini ma’lum qildi.

 

 



Aloqador xabarlar