Turkiya va BAA o'rtasida 13ta bitim imzolandi

Bugun, 14-fevral kuni Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g’an davlat tashrifi bilan Birlashgan Arab Amirliklariga safar qildi. Erdo'g'an sharafiga Qasr Al-Vatan saroyida rasmiy kutib olish marosimi o'tkazildi.

1778504
Turkiya va BAA o'rtasida 13ta bitim imzolandi

 

Bugun, 14-fevral kuni Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g’an davlat tashrifi bilan Birlashgan Arab Amirliklariga safar qildi.

Mazkur tashrif Abu Dabi valiahd shahzodasi Shayx Muhammad bin Zoyad Al Nahayonning taklifiga binoan amalga oshirildi.

Oliy martabali mehmon Abu Dabi xalqaro aeroportida Abu Dabi Federal vaziri Tani bin Ahmad Al Zeyouidi, Turkiyaning BAAdagi favqulodda va muhtor elchisi Tugay Tuncher va Dubay Bosh konsuli Mustafa İlker Kilich va boshqa rasmiylar tomonidan kutib olindi.

 

Erdo'g'an sharafiga Qasr Al-Vatan saroyida rasmiy kutib olish marosimi o'tkazildi. Faxriy qorovul saf tortdi. BAA va Turkiya davlat madhiyalari yangradi.

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an va Abu Dabi valiahd shahzodasi Al Nahayon faxriy qorovul oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini bir-biriga tanishtirdilar.

Ikki davlat delegatsiyalari taqdimotidan so’ng Erdog’an va Al Nahayon tor doiradagi uchrashuvni boshladi.

So'ngra, prezident Erdo'g’an va Abu Dabi valiahd shahzodasi Al Nahayon raisligida delegatsiyalararo muzokaralar bo'lib o'tdi va ikki tomonlama shartnomalar imzolandi.

Turkiya Respublikasi hukumati bilan BAA hukumati oʻrtasida mudofaa sanoati, sogʻliqni saqlash, iqlim oʻzgarishi, sanoat, texnologiya, madaniyat, qishloq xoʻjaligi, savdo, iqtisodiyot, quruqlik va dengiz transporti, metereologiya, axborot-kommunikatsiya va arxivlar, favqulodda vaziyatlarni boshqarish hamda yoshlar bilan bog'liq sohalarni qamrab olgan jami 13 ta bitim imzolandi. 

Muzokaralarda ikki davlat o'rtasidagi munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari, hamkorlikni rivojlantirish masalasi muhokama qilinadi. Shuningdek, bir qatorda mintaqaviy va xalqaro o'zgarishlar bo'yicha fikr almashiladi.

Erdo'gʻan ertaga, 15-fevral kuni “EXPO 2020 Dubai” Jahon koʻrgazmasiga tashrif buyurib, Turkiya standini ko'zdan kechiradi.

Mazkur tashrif Turkiya va BAA o'rtasidagi munosabatlarda yangi davrni boshlashiga zamin yaratishi qayd etilmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #BAA , #Turkiya

Aloqador xabarlar