Turkiya prezidenti Erdo'g’an BAAga tashrif buyurdi

Oliy martabali mehmon Abu Dabi xalqaro aeroportida Abu Dabi Federal vaziri Tani bin Ahmed Al Zeyouidi, Turkiyaning BAAdafi favqulodda va muhtor elchisi Tugay Tuncher va Dubay Bosh konsuli Mustafa İlker Kilich va boshqa rasmiylar tomonidan kutib olindi.

1778417
Turkiya prezidenti Erdo'g’an BAAga tashrif buyurdi

 

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g’an Abu Dabi valiahd shahzodasi Shayx Muhammad bin Zayed Al Nahayonning taklifiga binoan Birlashgan Arab Amirliklariga (BAA) tashrif buyurdi.

Oliy martabali mehmon Abu Dabi xalqaro aeroportida Abu Dabi Federal vaziri Tani bin Ahmed Al Zeyouidi, Turkiyaning BAAdafi favqulodda va muhtor elchisi Tugay Tuncher va Dubay Bosh konsuli Mustafa İlker Kilich va boshqa rasmiylar tomonidan kutib olindi.

Erdo'g'an sharafiga Qasr Al-Vatan saroyida rasmiy kutib olish marosimi o'tkaziladi.

Tashrif doirasida ikki tomonlama munosabatlarga katta hissa qo'shadigan shartnomalar imzolanishi kutilmoqda.

Prezident Erdo'g’an “EXPO 2020 Dubay” Jahon ko’rgazmasiga ham boradi va “Turkiya Milliy kuni” sifatida belgilangan 15 fevral kuni Turkiya ko’rgazma maydonini ziyorat qiladi. 

14-15 fevral kunlarini o'z ichiga olgan tashrif Turkiya va BAA o'rtasidagi munosabatlarda yangi davrni boshlashga zamin yaratadi.

 


Tanlangan kalimalar: #BAA , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar