Prezident Erdoʻgʻan buyuk va qudratli Turkiyani inshoo etuvchi kuchga e’tibor qaratdi

Erdoʻgʻan kecha uyushtirilgan “Tirik inson xazinalari, kelajakka yetkazilgan meros namoyandalari” mukofotini topshirish marosimida nutq soʻzladi.

1761481
Prezident Erdoʻgʻan buyuk va qudratli Turkiyani inshoo etuvchi kuchga e’tibor qaratdi

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan buyuk va qudratli Turkiyaning, noyob insoniy xazinasidan olgan yordami va mehri bilan inshoo etilishini qayd etdi.

Erdoʻgʻan kecha poytaxt Anqarada Beshtepe Xalq Kongress va madaniyat markazida uyushtirilgan “Tirik inson xazinalari, kelajakka yetkazilgan meros namoyandalari” mukofotini topshirish marosimida nutq soʻzladi.

Turkiyaning Birlashgan Millatlar Ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti (YuNESKO) tomonidan 2003-yili qabul qilingan Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi konventsiyaga 2006-yili a’zo boʻlganini yodga solgan Erdoʻgʻan, tayyorgarliklar ortidan 2008-yildan beri bu roʻyxatga eng koʻp madaniy qadriyatlar kiritganini ifoda etdi.

Turkiyaning Nomoddiy madaniy meros roʻyxatidagi qadriyatlar sonining 21 taga yetganini ham eslatib oʻtgan Prezident Erdoʻgʻan, erishilgan yutuqlarda birlik va hamjihatlikning ahamiyatiga e’tibor qaratdi.

Erdoʻgʻan:

“Kelasi davrda usta va hunarmandlarimizning ko‘p asrlik tajribasi mahsuli bo‘lgan iste’dodlarning davom ettirilishi uchun imkon yaratamiz”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.  



Aloqador xabarlar