Turkiya parlamenti raisi Mustafa Shento’p Serbiyaga tashrif buyurdi

Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) Raisi Mustafa Shento’p, Shimoliy Makedoniya, Serbiya va Chernogoriyaga rasmiy ish safarining ikkinchi qismi uchun hamrohligidagi parlament delegatsiyasi bilan Serbiyaning poytaxti Belgradga yetib  bordi.

1751059
Turkiya parlamenti raisi Mustafa Shento’p Serbiyaga tashrif buyurdi
şentop2.jpg

 

Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) Raisi Mustafa Shento’p, Shimoliy Makedoniya, Serbiya va Chernogoriyaga rasmiy ish safarining ikkinchi qismi uchun hamrohligidagi parlament delegatsiyasi bilan Serbiyaning poytaxti Belgradga yetib  bordi.

Shento’pni Belgrad Nikola Tesla aeroportida Turkiyaning Belgraddagi elchisi Hami Akso’y va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Parlament raisi Shento’p, Serbiya Prezidenti Aleksandar Vuchic va Bosh vazir Ana Brnabich bilan uchrashadi.

Serbiya Milliy Majlisini ziyorat qiladigan Shento’p, kasbdoshi Ivica Dachich bilan uchrashib, mushtarak matbuot anjumani o'tkazadi.

Mustafa Shento’p kecha Shimoliy Makedoniyaning poytaxti Skopyeda Turk ta’lim kuni munosabati bilan uyushtirilgan ziyofatga qatnashgan edi.

Shento’p, bu yerda qilgan nutqida, Shimoliy Makedoniyada yashovchi turklarning rasmiy bayrami bo'lgan 21 dekabr Turk ta'lim kuni munosabati bilan mamlakatda bo'lishdan mamnunligini bildirdi.

Turkchaning Shimoliy Makedoniyada davom etishi, bu geografiyada birodarlikni mustahkamlash va mamlakatning madaniy boyligi va siyosiy kuchini oshirish nuqtai nazaridan hayotiy ahamiyatga ega ekanligiga ishonamiz”  qayd etdi.  


 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Safar , #Serbiya , #Mustafa Shento'p , #TBMM

Aloqador xabarlar