TQKning terrorizmga qarshi kurashi davom etmoqda

Turk Qurolli kuchlarining (TQK) terrorga qarshi kurashi, mamlakatda boʻlganidek qoʻshni davlatlarda ham uzluksiz davom etmoqda.

1748514
TQKning terrorizmga qarshi kurashi davom etmoqda

Suriya va Iroq shimolida uyushtirilgan amaliyotlarda 3 terrorist yo‘q qilindi.

Milliy Mudofaa vazirligi ijtimoiy tarmoq hisobi orqali bergan bayonotida, Turk Qurolli kuchlari va Milliy Razvedka tashkilotining muvofiqlashtirilgan ishlari natijasida, Iroq shimolidagi Haftanin mintaqasida aniqlangan PKK terror tashkilotiga a’zo 1 terroristning Qurolli Insonsiz havo transportlari orqali uyushtirlgan amaliyotlar yordamida yo‘q qilingani bildirildi.

Bayonotda shuningdek, Suriya shimolidagi “Tinchlik bulog‘i” amaliyoti olib borilgan hududga qarshi hujum uyushtirish uchun tayyorgarlik ko‘rayotgani aniqlangan PKK /YPG a’zosi 2  terroristning ham askarlar tomonidan yo‘q qilingani qayd etildi.



Aloqador xabarlar