Faxriddin Altun Erdo'g'anning Qatarga tashrifiga munosabat bildirdi

Turkiya prezidenti ma'muriyatining kommunikatsiyalar bo‘yicha departamenti rahbari Faxriddin Altun Erdo’g’anning Qatar Amiri Al Sani bilan ikki davlat o’rtasidagi hamkorlikni mustahkamlovchi bir qator shartnomalar imzolaganini bildirdi.

1744576
Faxriddin Altun Erdo'g'anning Qatarga tashrifiga munosabat bildirdi

 

Turkiya prezidenti ma'muriyatining kommunikatsiyalar bo‘yicha departamenti rahbari Faxriddin Altun mamlakat prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'anning Qatarga tashrifiga munosabat bildirdi.

Uning ta’kidlashicha, tashrif chog'ida ikki davlat o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan qator shartnomalar imzolandi.

Faxriddin Altun bu haqda ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

U Prezident Erdo’g’anning Qatar Amiri Shayx Tamim Ibn Hamad Al Sani bilan ikki davlat o’rtasidagi hamkorlikni mustahkamlovchi bir qator shartnomalar imzolaganini bildirdi.

Iqtisodiyot, xavfsizlik, diplomatiya, madaniyat va turizm, ta’lim sohalarida hamkorlik kelishuvlari kabi muhim qadamlar tashlanganligi qayd etildi.

Mazkur kelishuvlarda Turkiya va Qatar xalqlarining uzoq muddatli milliy manfaatlarini to‘liq ro‘yobga chiqarish maqsad qilingan.

“Yurtimizdagi va xorijdagi yolg‘on targ‘ibotlardan qat’i nazar, Prezidentimiz rahnamoligida iqtisodiyotimiz investitsiya, bandlik, ishlab chiqarish va eksportga asoslangan holda mamlakatimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shishga intilamiz”,-deb yozadi Faxriddin Altun ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

 


Tanlangan kalimalar: #Qatar , #Turkiya , #Faxriddin Altun

Aloqador xabarlar