Erdo'g'an rasmiy tashrif bilan Qatarga jo'nab ketdi

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an safari oldidan Istanbuldagi Otaturk xalqaro aeroportida jurnalistlarning savollariga javob berdi.

1743585
Erdo'g'an rasmiy tashrif bilan Qatarga jo'nab ketdi

 

Erdo’g’an safari oldidan Istanbuldagi Otaturk xalqaro aeroportida jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Prezidentning ta’kidlashicha, Turkiya-Qatar munosabatlari do’stlik va strategik nuqtai nazar bilan kundan kunga kuchayib bormoqda. So’nggi yillarda manfaatli hamkorlik yo’lida katta yutuqlarga erishildi.

Erdo'g'an Turkiya Qatar bilan bir qatorda, Fors ko'rfazidagi boshqa davlatlar bilan ham do’stona hamkorlikni rivojlantirishga harakat qilayotganini aytdi.

Turkiya va Qatar kuchli pozitsiyasini davom ettirayotgan ikki davlat ekanligini ta’kidlagan Erdo’g’an, Qatar bilan ayniqsa iqtisodiyot, mudofaa, savdo, investitsiya sohalarida manfaatli hamkorlikni mustahkamlash yo’lida katta qadam tashlanganligini ma’lum qildi.

“Ko‘rfaz mintaqasida diplomatik muloqot eshiklarini qayta ochish va tushunmovchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan diplomatik sa’y-harakatlarni olqishlaymiz. Turkiya sifatida barcha Fors ko’rfazi davlatlari bilan hamkorlik, birdamlik va munosabatlarimizni yanada mustahkamlash tarafdorimiz”,-deb ilova qilgan Turkiya prezidenti.

Erdo’g’an matbuot anjumanidan so’ng Qatarga jo’nab ketdi.

Erdog’an poytaxt Dohada Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamed Al Sani tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olinadi.

Ikki yetakchi marosimdan keyin tor doirada uchrashuv o'tkazadi. Uchrashuvda Turkiya va Qatar o'rtasidagi ko'p qirrali munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilinadi.

Shuningdek, Afg’oniston, Suriya, Liviya va boshda mintaqaviy o’zgarishlar haqida fikr almashiladi.

Prezident Erdo'g’anning Qatarga tashrifi  chog’ida Turkiya va Qatar o'rtasidagi mavjud hamkorlikni yanada oshirish yo'lida shaxdam qadamlar tashlanadi.

Shu doirada Turkiya-Qatar Oliy strategik qo'mitasining 7-sammiti bo'lib o'tadi.

Dastlab, 2015-yilda oʻtkazilgan qoʻmita yigʻilishi natijasida ikki mamlakat o'rtasida savdo, energetika, mudofaa, sanoat va boshqa koʻplab sohalarda 62 ta shartnoma imzolangandi.

Erdog’an va Al Sani boshchiligida o’tadigan 7- sammitda turli kelishuvlar imzolanadi.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Qatar , #Turkiya

Aloqador xabarlar