Erdo‘g‘an pandemiya davrida xalqaro hamjamiyatning sinovdan yaxshi o‘tolmaganini qayd etdi

Prezident Erdo‘g‘an Xalqaro hamkorlik platformasi tomonidan uyushtirilgan 12-Bo‘g‘ozichi sammitiga maktub yo‘lladi.

1743738
Erdo‘g‘an pandemiya davrida xalqaro hamjamiyatning sinovdan yaxshi o‘tolmaganini qayd etdi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, tarixdagi eng yirik sog‘liqni saqlash inqirozlaridan biri bo‘lgan yangi turdagi koronavirus pandemiyasi davrida, xalqaro hamjamiyatning sinovdan yaxshi o‘tolmaganini bildirdi.

Prezident Erdo‘g‘an Xalqaro hamkorlik platformasi tomonidan uyushtirilgan 12-Bo‘g‘ozichi  sammitiga yo‘llagan maktubida, oxirgi 2 yildan beri butun insoniyat bilan birga Turkiyani ham qamrab olgan yangi turdagi koronavirus (Covid-19) pandemiyasining, global tizimdagi adolatsizliklarni yana bir bor namoyish etganini qayd etdi.

Tarixdagi eng yirik salomatlik inqirozlaridan biri bo‘lgan pandemiya jarayonida, rivojlangan davlatlar bosh bo‘lish bilan birga xalqaro hamjamiyatning sinovdan yaxshi o‘tolmaganini ta’kidlagan Erdo‘g‘an:

“Bu jarayonda, buyuk insoniyat oilasining bir a’zosi ham xavfsiz muhitda bo‘lmasa unda hech birimiz o‘zimizni bemalol his qilolmasligimizga guvoh bo‘ldik. O‘zimiz bilan o‘zimiz bo‘lib, hududlarimizni simlar bilan o‘rab, chegaralarimizdan tashqarida paydo bo‘lgan muammolardan qocholmaymiz. Bu achchiq haqiqat, tartibsiz migratsiya va terrorizmga qarshi kurash bosh bo‘lish bilan birga iqtisodiyotdan xavfsizlikka, ta’lim-tarbiyadan sog‘likni saqlashga qadar bir necha sohada o‘zini yaqqol ko‘rsatmoqda”.-dedi.

Turkiya sifatida huddi mana shu tushuncha bilan uzoq vaqtdan beri “Dunyo beshdan kattadir” degan holda, insoniyat taqdirining faqatgina 5 davlat insofiga tark etilmasligi kerakligini ta’kidlaganliklarini bildirgan Prezident:

“Faqat tanqid qilibgina qolmay, ‘Yana-da adolatli dunyo mumkin’ degan ishonch bilan muammolarni hal qilish uchun takliflarimizni ham taqdim etmoqdamiz. Oxirgi vaqtlardagi iqtisodiy sohadagi kurashimiz ham buning bir bo‘lagidir. Foizga asoslangan tushuncha o‘rniga investitsiya, ish bilan ta’minlashlik, ishlab chiqarish va eksport asosidagi yangi iqtisodiy yo‘l orqali rivojlanish, farovonlik, daromad adolati va barqaror o‘sishni yaxshiroq amalga oshirishimizga ishonchimiz komil”.-deya gapirdi.

 



Aloqador xabarlar