Mavlud Chavusho’g’li Dohada Qatar TIV rahbari bilan matbuot anjumani o'tkazdi

Anjumanda so’zga chiqqan Mavlud Chavusho’g’li Afg’onistondagi vaziyatga e’tibor qaratib, ushbu murakkab sharoitda afg'on xalqining jiddiy gumanitar yordamga ehtiyoji borligini ta'kidladi.

1743615
Mavlud Chavusho’g’li Dohada Qatar TIV rahbari bilan matbuot anjumani o'tkazdi

 

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Turkiya-Qatar Oliy strategik qo'mitasining navbatdagi sammitiga tayyorgarlik doirasida Qatar poytaxti Dohaga tashrif buyurdi.

Chavusho'g'li tashrif doirasida Qatar Bosh vazir o'rinbosari va Tashqi ishlar vaziri Shayx Muhammad Ibn Abdurrahmon Al Sani bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Turkiya-Qatar o’rtasidagi ko’p qirrali munosabatlarning bugungi holati, shuningdek Afg’oniston va boshqa mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Yetakchilar uchrashuvdan so’ng qo’shma matbuot anjumani o’tkazdi.

Anjumanda so’zga chiqqan Mavlud Chavusho’g’li Turkiya va Qatar o'rtasidagi mudofaa, iqtisodiyot, ta'lim, madaniyat va sog'liqni saqlash kabi sohalardagi hamkorlik yanada rivojlanganligiga diqqat qaratdi.

U shuningdek, Afg’onistondagi vaziyatga e’tibor qaratib, ushbu murakkab sharoitda afg'on xalqining jiddiy gumanitar yordamga ehtiyoji borligini ta'kidladi.

"Biz do'stimiz va birodarimiz Qatar bilan mintaqaviy masalalar bo’yicha hamfikrmiz, biz bir davlatmiz. Biz Afg'onistondagi sharoitni juda yaxshi tushunib turibmiz. Qatar, ayniqsa Afg'onistonda tinchlik o’rnatish yo’lida qanchalik katta sa'y-harakatlar qilganiga guvohmiz”,- dedi Turkiya TIV rahbari.

"Xalqaro hamjamiyat siyosiy maqsadlardan qat’iy nazar, ushbu gumanitar yordamni afg’on xalqiga yetkazishi kerak. Bu borada Qatarning sezgirligi va Turkiyaning sezgirligi namuna bo'lishi kerak. Ikki haftadan keyin Islomobodda boʻlib oʻtadigan Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) Tashqi ishlar vazirlari yigʻilishida ham buni muhokama qilamiz",-deb qo’shimcha qilgan Turkiya TIV rahbari.

Turkiya va Qatarning Afg’oniston masalasi bo’yicha hamkorligiga e’tibor qaratgan Chavusho’g’li, Turk Qizil Yarim Oy jamiyati va Qatar Qizil Yarim Oy jamiyati birgalikda afg’on xalqiga insonparvarlik yordami yetkazayotganini, qo’shimcha gumanitar yordam yetkazish uchun har ikki davlatning boshqa muassasalari bilan ham hamkorlikda ish olib borayotganini qayd etdi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Qatar , #Mavlud Chavusho'g’li

Aloqador xabarlar