Erdo'g'an bugun Qatarga rasmiy ziyorat amalga oshiradi

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an bugun, 6-dekabr kuni poytaxt Dohada Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamed Al Sani tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olinadi.

1743273
Erdo'g'an bugun Qatarga rasmiy ziyorat amalga oshiradi

 

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an bugun, 6-dekabr kuni rasmiy tashrif bilan Qatarga jo'nab ketdi.

Erdog’an poytaxt Dohada Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamed Al Sani tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olinadi.

Ikki yetakchi marosimdan keyin tor doirada uchrashuv o'tkazadi. Uchrashuvda Turkiya va Qatar o'rtasidagi ko'p qirrali munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilinadi.

Shuningdek, Afg’oniston, Suriya, Liviya va boshda mintaqaviy o’zgarishlar haqida fikr almashiladi.

Prezident Erdo'g’anning Qatarga tashrifi  chog’ida Turkiya va Qatar o'rtasidagi mavjud hamkorlikni yanada oshirish yo'lida shaxdam qadamlar tashlanadi.

Shu doirada Turkiya-Qatar Oliy strategik qo'mitasining 7-sammiti bo'lib o'tadi.

Dastlab, 2015-yilda oʻtkazilgan qoʻmita yigʻilishi natijasida ikki mamlakat o'rtasida savdo, energetika, mudofaa, sanoat va boshqa koʻplab sohalarda 62 ta shartnoma imzolangandi.

Erdog’an va Al Sani boshchiligida o’tadigan 7- sammitda turli kelishuvlar imzolanadi.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Qatar , #Turkiya

Aloqador xabarlar