Turkiya Somalida uyushtirilgan hujumni keskin qoraladi

Turkiya bugun ertalab Somalida uyushtirilgan bombali hujumni keskin qoraladi.

1738763
Turkiya Somalida uyushtirilgan hujumni keskin qoraladi

Turkiya Somali poytaxti Mogadishudagi maktab oldida uyushtirilgan va ko‘pchilikning umriga zomin bo‘lgan terror hujmini keskin qoraladi.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotda, Mogadishuning Hodan mahallasidagi bir maktab oldida bugun ertalab kamida 8 kishining o‘limiga yo‘l ochgan va ko‘pchilikning tan jarohati olgani qayd etilgan bombali hujum haqidagi xabarning chuqur qayg‘u bilan olingani bildirildi.

“Ushbu dahshatli terror hujmini keskin qoralab, do‘st va qardosh Somali hukumati va xalqiga hamdardlik bildiramiz. Hujumda hayotdan ko‘z yumganlarga Olloxdan rahmat, tan jarohati olganlarning esa tez kunda sog‘ayib ketishini tilaymiz”.-degan ifodalarga o‘rin berilgan bayonotda, Turkiyaning terrorga qarshi kurashda Somalining yonida bo‘lishni davom etishi qayd etildi.

Somali politsiyasining qayd etishicha shaharda, Afrika ittifoqi Somali missiyasi konvoyi o‘tar chog‘ida bomba yuklangan avtomobil orqali hujum uyushtirilgan va oqibatida 8 kishi halok bo‘lar ekan 23 kishi tan jarohati olgan. Jon berganlar orasida harbiy bo‘lmagan fuqarolarning ham borligi ma’lum qilingandi.

Hujum javobgarchiligini “Ash-Shabob” terror tashkiloti bo‘yniga oldi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Somali , #bombali hujum , #Ash-Shabob

Aloqador xabarlar