AQSh Pentagon Qo'shma Shtatlar TQKning harbiy modernizatsiya ehtiyojlarini tan oladi

Pentagon, 16-noyabr kuni Pentagonda bo’lib o’tgan Turkiya-AQSh mudofaa vazirliklari o’rtasidagi Oliy Darajali Mudofaa Guruhi yig’ilishi bilan bog’liq bayonot berdi.

1735470
AQSh Pentagon Qo'shma Shtatlar TQKning harbiy modernizatsiya ehtiyojlarini tan oladi

Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) Mudofaa vazirligi (Pentagon), Qo'shma Shtatlar "Turk Qurolli Kuchlarining harbiy modernizatsiya ehtiyojlarini tan oladi".

Pentagon, 16-noyabr kuni Pentagonda bo’lib o’tgan Turkiya-AQSh mudofaa vazirliklari o’rtasidagi Oliy Darajali Mudofaa Guruhi yig’ilishi bilan bog’liq bayonot berdi.

Bayonotda, Amerika delegatsiyasiga boshchilik qilgan Mudofaa vazirligi maslahatchisi Laura Kuper, "TQKning harbiy modernizatsiya ehtiyojlarini tan olishlarini" bildirdi.

 “Delegatsiyalar AQSh prezidenti Jo Bayden va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, mudofaa vaziri Lloyd Ostin va Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar o‘rtasidagi muzokaralar asosida ko‘plab funktsional va mintaqaviy masalalarni muhokama qildi”. ifodasi ishlatilgan.

Uchrashuvda Afg'oniston, Afrika, Janubiy Kavkaz, Sharqiy O'rtayer dengizi va Yaqin Sharqdagi terrorizm va xavfsizlik masalalari muhokama qilinganiga diqqat qaratgan Cooper, Qora dengizdagi hamkorlikka ham urg'u berganligi qayd etildi.

Bayonotda, "Tomonlar o'zaro mudofaa sohasidagi hamkorlik va uzoq davom etgan mudofaa munosabatlarimizni ilgari surish maqsadimizni ham muhokama qildilar. Kotib maslahatchisi Cooper, Amerika Qo'shma Shtatlari Turkiyaning modernizatsiya ehtiyojlarini NATOga bergan ko'magining bir qismi sifatida tan olishini takrorladi". bayonot kiritildi.

Milliy Mudofaa Vazirligining uchrashuv bilan bog'liq bayonotida, "Delegatsiyalar o'rtasidagi uchrashuv ijobiy va konstruktiv muhitda o'tdi".

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turk Qurolli Kuchlari , #AQSh , #Turkiya

Aloqador xabarlar