Viktor Orban 101ta tarixiy asarni Turkiyaga qaytarib berdi

Vengriyada 2016-yilning 29-sentyabr kuni xavfsizlik kuchlari tomonidan olib borilgan nazorat chog‘ida yuk mashinasida 101ta tarixiy asar qo‘lga tushirilgandi.

1733001
Viktor Orban 101ta tarixiy asarni Turkiyaga qaytarib berdi

 

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban 2016-yilda mamlakatda qo‘lga tushirilgan va Turkiyaga tegishli ekani aniqlangan 101ta tarixiy asarni Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘anga qaytarib berdi.

Vengriyada 2016-yilning 29-sentyabr kuni xavfsizlik kuchlari tomonidan olib borilgan nazorat chog‘ida yuk mashinasida 101ta tarixiy asar qo‘lga tushirilgandi.

Rasmiy tashrif bilan poytaxt Anqarada bo’lib turgan Viktor Orban ikki davlat o’rtasidagi tarixiy asar kontrabandasiga qarshi kurashishda eng yuqori darajada hamkorlikni yo’lga qo’yish zarurligini ta’kidlab, Turkiyaga oid tarixiy asarlarni ramziy ma’noda prezident Rajap Tayyip Erdo’g’anga taqdim etdi.

Shu munosabat bilan Prezident saroyida tarixiy asarlarni Turkiyaga taqdim etish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Prezident Erdo’g’an va Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban qaytarilgan tarixiy asarlarni birgalikda ko’zdan kechirdilar.

Vengriyadan Turkiyaga qaytarilgan tarixiy asarlar orasida Anqaradagi Anadolu madaniyatlari muzeyida namoyish etilgan ho'kiz boshli qozon, turli qurol-aslahalar, avtomobil qismlari va ot jabduqlari o’rin olgan.

Urartu qirollari yoki yuqori tabaqaga oid zodagonlarga tegishli ekani taxmin qilingan asarlar xilma-xillik jihatidan Urartu arxeologiyasi uchun noyob topilmalar sifatida baholanmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Vengriya , #Viktor Orban

Aloqador xabarlar