Ataturk vafotining 83-yilligi munosabati bilan Anitkabirda davlat marosimi uyushtirildi

Bugun Ataturk vafotining 83-yilligi munosabati bilan poytaxt Anqarada joylashgan Anitkabirda davlat marosimi uyushtirildi.

1731893
Ataturk vafotining 83-yilligi munosabati bilan Anitkabirda davlat marosimi uyushtirildi

Bugun 10-noyabr Turkiya Respublikasi asoschisi Gʻoziy Mustafa Kemal Ataturk vafotiga 83-yil toʻldi.

Ataturk vafotining 83-yilligi munosabati bilan Anitkabir yodgorlik majmuasida davlat marosimi uyushtirildi.

Unda Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan boshchiligida davlat va hukumat vakillari bilan siyosiy partiya rahbarlari, harbiy va harbiy boʻlmagan jamiyat vakillaridan iborat hay’at Anitkabirga tashrif buyurdi.

Prezident Erdoʻgʻan va hamrohligidagi hay’at Ataturk maqbarasiga gulchambar qo’ydi. Ortidan hurmat bajo keltirilib, milliy madhiya yangradi.

Erdoʻgʻan soʻngra oʻz nomini Turk ozodlik urushining siyosiy manifestidan olgan Milliy Misaq minorasiga oʻtib, u yerda Ataturk maxsus daftarchasiga qoʻl qoʻydi.

Erdo‘g‘on maxsus daftarchaga shunday deb yozdi:

“Aziz Ataturk, vafotingizning 83-yilligi munosabati bilan yana bir bor rahmat bilan yod etamiz. Siz asos solgan va bizlarga omonat qilgan Jumhuriyatimizni mustavlilar amallariga doxil bo‘lgan bedbahtlarga qaramay o‘stirishni, rivojlantirishni, mintaqa va dunyoning porlagan yulduziga aylantirishni davom etamiz. Ta’lim-tarbiya, sog‘likni saqlash, xavfsizlik, sanoat bosh bo‘lish bilan birga har tarmoqda qo‘lga kiritgan tarixiy muvaffaqiyatlar bilan 2023-yilga mo‘ljallagan maqsadlarimiz tomon qarorlilik bilan yoʻl olmoqdamiz. Yurtimiz butunligi, davlatimiz omonligi, oliy janob xalqimiz birligi, tinchligi va qadimiy qadriyatlariga ko‘z tikilishiga aslo ruxsat bermaymiz. Ruhing shod bo‘lsin!”

Yurttoshlar ham mamlakat bo‘ylab, Ataturk ko‘z yumgan Turkiya vaqti bilan soat 09:05 da sirena ovozlari hamrohligida hurmat bajo keltirdi. Haydovchilar ham shaxsiy transportlaridan tushib, Atturkni yod etdi.  

Yurttoshlar 1-daqiqalik sukut chog‘ida hayajonli lahzalarni boshdan kechirdilar.

 


Tanlangan kalimalar: #Ataturk , #davlat marosimi

Aloqador xabarlar