Murat Kurum BMTning choʻllanishga qarshi kurash boʻyicha konventsiyasi yetakchisi bilan uchrashdi

Turkiya Atrof-muhit va shaharsozlik vaziri Murat Kurum Shotlandiyaning Glazgo shahrida bo'lib o'tgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim O'zgarishi bo'yicha 26-Konferentsiyasi (COP26) doirasida bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar o'tkazdi.

1731657

Murat Kurum dastlab Shotlandiyadagi Event Kampusida Birlashgan Millatlar Tashkilotining choʻllanishga qarshi kurash boʻyicha konventsiyasi ijrochi direktori Ibrohim Tiav bilan uchrashdi.

U shuningdek, Braziliya atrof-muhit vaziri Joakim Leite, Qatar atrof-muhit va iqlim oʻzgarishi vaziri Shayx Faleh bin Naser, Buyuk Britaniya xalqaro savdo vaziri Anne Mari Trevelyan, Germaniya atrof-muhit, tabiatni muhofaza qilish va yadro xavfsizligi vaziri oʻrinbosari Yoxen Flasbart, Yevropa Ittifoqi komissiyasining atrof-muhit va iqlim o'zgartirish masalalari Mas'ul vitse-prezident Frans Timmermans bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o'tkazdi.

Uchrashuvlar davomida iqlim oʻzgarishi va atrof-muhitga qarshi kurashda hamkorlik harakatlari muhokama qilindi.

Ma'lumot uchun, 31 oktyabrda Shotlandiya poytaxti Glazgoda iqlim o‘zgarishi bo‘yicha BMTning doiraviy konvensiyasining 26-anjumani Climate Change Conference 26 (COP26) o‘z ishini boshlagandi. Unda 100dan ko‘proq davlat va hukumatlar rahbarlari ishtirok etmoqda.

Tanlangan kalimalar: #BMT , #Murat Kurum

Aloqador xabarlar