Turkiya va AQSh o'rtasida F-35 bo'yicha muzokaralar davom etmoqda

Turkiya va Amerika Qo'shma Shtatlari Mudofaa vazirliklari o'rtasida F-35 qiruvchi samolyotlar bo’yicha mojaroni hal qilish va moliyaviy masalalarni muhokama qilish maqsadida bir necha oy ichida Vashingtonda ikkinchi uchrashuv o'tkazilishi rejalashtirilgan

1727650
Turkiya va AQSh o'rtasida F-35 bo'yicha muzokaralar davom etmoqda

 

Turkiya va Amerika Qo'shma Shtatlari Mudofaa vazirliklari o'rtasida F-35 qiruvchi samolyotlar bo’yicha mojaroni hal qilish va moliyaviy masalalarni muhokama qilish maqsadida bir necha oy ichida Vashingtonda ikkinchi uchrashuv o'tkazilishi rejalashtirilgani ma'lum qilindi.

Poytaxt Anqarada Milliy Mudofaa Vazirligida matbuot brifingini uyushtirgan Milliy Mudofaa vazirligi vakillari jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Pentagon delegatsiyasi bilan uchrashuv haqidagi savolga javob bergan vakillar, o'tgan hafta Anqarada Turkiya va AQSh Mudofaa vazirliklari o'rtasida F-35 bilan bog'liq ixtilofni hal qilish va moliyaviy masalalarni muhokama qilish uchun yig'ilish o'tkazilganini ma'lum qildi.

Uchrashuv yakunida muzokaralarni davom ettirishga kelishilgani ma’lum qilindi.

"Birinchi uchrashuv bo'lib o'tdi. Har ikki tomon o'z istiqbollari va o'z pozitsiyalarini taqdim etdi. Ikkinchi uchrashuv bir necha oydan keyin Vashingtonda o'tkazilishi rejalashtirilgan. Uchrashuvlarda muammolarni hal qilish usullari muhokama qilinmoqda", - dedi turk vakillar.

Uchrashuvlarda Turkiyaning F-35 dasturiga qaytishi bilan bog'liq vakillari shunday javob bergan:

"Biz o‘z pozitsiyamizni ilgari surdik. Birinchidan, F-35 dasturiga qaytish, ikkinchidan, ajratilgan samolyotni yetkazib berish, agar bular amalga oshmasa, to‘lagan pulimizni qaytarib olish niyatimiz bor. Shu doirada muzokaralar olib borilmoqda”.


Tanlangan kalimalar: #F-35 , #AQSh , #Turkiya

Aloqador xabarlar