Mugʻlada chorasiz qolgan muhojirlar quruqlikka olib chiqildi

Mugʻlada chorasiz qolgan 46 nafar noqonuniy muhojir quruqlikka olib chiqildi.

1725613
Mugʻlada chorasiz qolgan muhojirlar quruqlikka olib chiqildi

Turkiyaning Mugʻla viloyatining Marmaris tumani qirgʻogʻidan uzoq nuqtada 46 nafar noqonuniy muhojir quruqlikka olib chiqildi.

Sohil Xavfsizlik qoʻmondonligi xodimlari ikkita puflangan qayiqda noqonuniy muhojirlar borligi haqidagi ma’lumot ortidan mintaqaga yoʻl oldi.

Gretsiya unsurlari tomonidan Turk hududiy suvlariga itarilgan puflangan qayiqdagi noqonuniy 46 nafar muhojir, Sohil Xavfsizlik xodimlari tomonidan qutqarilib, quriqlikka olib chiqildi.

Muhojirlar, kerakli protsedura ortidan viloyatdagi migratsiya idorasiga topshirildi.


Tanlangan kalimalar: #Mugʻla , #Marmaris , #noqonuniy muhojir

Aloqador xabarlar