Mavlud Chavusho'g’li Avstriyaning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi

Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, Mavlud Chavusho'g’li Maykl Linxartga qo’ng’iroq qilib, tashqi ishlar vaziri lavozimiga tayinlanganligi munosabati bilan tabrikladi.

1724535
Mavlud Chavusho'g’li Avstriyaning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho'g’li Avstriya tashqi ishlar vaziri Maykl Linxartni yangi lavozimga tayinlanganligi munosabati bilan tabrikladi.

Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, Mavlud Chavusho'g’li Maykl Linxartga qo’ng’iroq qilib, tashqi ishlar vaziri lavozimiga tayinlanganligi munosabati bilan tabrikladi.

Avstriyada sobiq bosh vazir Sebastyan Kurts 9 oktyabr kuni o‘ziga nisbatan korrupsiya bo‘yicha tergov olib borilgani sababli iste’foga chiqqandi.

Mamlakatda 11 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan marosimda sobiq tashqi ishlar vaziri Aleksandr Schallenberg Avstriyaning yangi bosh vaziri sifatida qasamyod qildi va Schallenbergdan bo‘shagan o‘ringa Turkiyada tug‘ilgan tajribali diplomat Maykl Linxart tayinlangan edi.



Aloqador xabarlar