TQKning terrorizmga qarshi kurashi davom etmoqda

Turk Qurolli kuchlarining (TQK) terrorizmga qarshi kurashi mamlakatda boʻlganidek qoʻshni davlatlarda ham davom etmoqda.

1714673
TQKning terrorizmga qarshi kurashi davom etmoqda

PKK terror tashkiloti tarkibidan yana bir terrorist qochdi.

Ichki Ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra vazirlik koordinatsiyasida Jandarmeriya Bosh qo‘mondonligi va Milliy Politsiya idorasi tomonidan olib borilgan ko‘ndirish yo‘li faoliyatlari natijasida, PKK terror tashkilotining bir a’zosi xavfsizlik kuchlariga taslim bo‘lgan.

Uning tashkilot tarkibiga 2009-yili kirib, Suriya va Iroqda faoliyat yuritgani aniqlandi.

Bu yil ko‘ndirish yo‘li orqali taslim bo‘lgan tashkilot a’zolari soni shu bilan 157 nafarga yetdi.

Iroq shimolidagi Avashin-Basyanda, PKK /KJKga a’zo 12 terrorist yo‘q qilindi.

Milliy Mudofaa vazirligi Twitter hisobi orqali mavzu haqida bergan bayonotida:

“PKK /KJK terror tashkilotiga Iroq shimolida yana kuchli zarba berildi. Panja-Yildirim amaliyoti olib borilgan mintaqada joylashgan Avashin-Basyandagi PKK/ KJK terror tashkiloti qattiq ishongan va qo‘lga kiritilishi imkonsiz deyilgan shuningdek, sharq qarorgohi ekani iddio etilgan makoni qo‘lga kiritildi.

Muvaffaqiyatli amaliyot yordamida g‘orga kirishga muvaffaq bo‘lgan va terroristlar bilan to‘qnashgan qo‘mondonlarimiz, PKK / KJK terror tashkilotiga a’zo 12 terroristni qurollari bilan birga yo‘q qildi”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

 



Aloqador xabarlar