Prezident Erdo‘g‘an bilan Jo Bayden Rimda o‘zaro uchrashuv o‘tkazadi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an bilan Jo Bayden oktabr oyining oxirida Rimda o‘zaro uchrashuv o‘tkazadi.

1711945
Prezident Erdo‘g‘an bilan Jo Bayden Rimda o‘zaro uchrashuv o‘tkazadi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an oktabr oyining oxirida Italiya poytaxti Rimda bo‘lib o‘tadigan G-20 Liderlar sammiti doirasida Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) Prezidenti Jo Bayden bilan uchrashuv o‘tkazadi.

Ikkala davlat rahbari oxirgi marotaba 14-iyun kuni Belgiya poytaxti Bryusselda uyushtirilgan NATO tarkibidagi davlatlarning liderlari sammitida uchrashgandi.

Nomi tilga olingan uchrashuv Erdo‘g‘an va Bayden o‘rtasidagi birinchi yuzma-yuz uchrashuv deb qayd etilgan.

Bu gal Rimda bo‘lib o‘tadigan G-20 Liderlar sammitida alohida uchrashuv o‘tkazadilar.

Unda o‘zaro munosabatlardan tashqari Rossiyadan xarid qilib olingan S-400 havo mudofaa tizimlari bilan F-35 jangovar uchoqlarga oid masalalarning qo‘lga olinishi kutilmoqda.

Kun tartibidagi boshqa masalaning esa Afg‘onistondagi oxirgi vaziyat bo‘lishi kutilmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Rim , #Prezident Erdo‘g‘an , #Jo Bayden

Aloqador xabarlar