Turkiya Rossiyaga ta'ziya izhor etdi

Turkiya Rossiyaga uchoq halokati oqibatida halok boʻlgan ekipaj a'zolari uchun ta'ziya izhor etdi.

1710027
Turkiya Rossiyaga ta'ziya izhor etdi

Turkiya Rossiyaning Xabarovsk viloyatida qulagan uchoqdagi 6 nafar ekipaj a’zosining halok boʻlgani munosabati bilan ta’ziya izhor etdi.

Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda, Xabarovsk viloyatida qulagan uchoqda 6 nafar ekipaj a’zosining halok boʻlgani haqidagi xabar chuqur qaygʻu bilan olingani bildirildi.

Bayonotda,

“Doʻst Rossiya Federatsiyasi xalqining qaygʻusiga sherikmiz. Ushbu fojiali halokatda halok boʻlganlar oilasi bilan Rossiya Federatsiyasi hukumatiga hamdardlik bildiramiz”.-degan ifodalarga oʻrin berildi.

Eslatib oʻtamiz:

Kecha Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi, AN-26 rusumidagi uchoqning Xabarovsk aeroportiga 38 kilometr uzoqlikda radarlardan gʻoyib boʻlganini ma’lum qilgandi. Rossiya axborot agentliklari, rasmiylarga tayangan holda tarqatgan xabarlarida, uchoqdagi 6 nafar ekipaj a’zosining hammasining halokat oqibatida halok boʻlganini e’lon qildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Rossiya , #Xabarovsk , #AN-26

Aloqador xabarlar