Mavlud Chavusho'g'li Finlyandiya TIV rahbari bilan uchrashdi

Tomonlar Turkiya va Finlyandiya munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari, shuningdek xavfsizlik bo‘yicha hamkorlikka doir masalalarni muhokama qilgan.

1709629
Mavlud Chavusho'g'li Finlyandiya TIV rahbari bilan uchrashdi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho'g'li Finlyandiya tashqi ishlar vaziri Pekka Havisto bilan uchrashdi.

Turkiya tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, Mavlud Chavusho‘g‘li va Finlyandiya tashqi ishlar vaziri Pekka Havisto Nyu-Yorkda BMT Bosh assambleyasining 76-sessiyasi doirasida uchrashdi. 

Ma’lum qilinishicha, tomonlar Turkiya va Finlyandiya munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari, shuningdek xavfsizlik bo‘yicha hamkorlikka doir masalalarni muhokama qilgan.

Yetakchilar Afg'onistondagi o'zgarishlar yuzasidan ham fikr almashgan.

 


Tanlangan kalimalar: #Finlyandiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar