Erdo’g’an:"Nima uchun AQSh 20 yildan beri Afg’onistonda?"

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Nyu-Yorkda Amerikaning CBS telekanaliga intervyu berdi.

1709414
Erdo’g’an:"Nima uchun AQSh 20 yildan beri Afg’onistonda?"

 

AQSh afg’on qochqinlarga yana ham ko’proq yordam ko’rsatishi kerak.

Bu haqda Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Nyu-Yorkda Amerikaning CBS telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Nima uchun AQSh 20 yildan beri Afg’onistonda? Avvalo ushbu savolni o’ziga berishi kerak”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.

Intervyuda Erdo’g’anga “Turkiya qochqinlar uchun lager emas” degan so’zlari eslatildi, shuningdek, Amerika Afg’on qochqinlarning mas’uliyatini olishi kerakmi? degan savol berildi.

Erdo’g’an ushbu savolga “AQSh bunday mas’uliyatlarini bajarmadi. Bizning mamlakatimizda 300 mingdan ko’proq ro’yxatga olinmagan afg’on qochqin mavjud. Turkiya Afg‘onistondan bironta ham qochqinni qabul qiladigan holatda emas”,-deb javob berdi.

CBS telekanali Erdo'g'anning intervyusini yakshanba kuni to'liq efirga uzatadi.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #CBS , #Turkiya

Aloqador xabarlar