Turkiya Qrimda o‘tkazilgan Davlat dumasiga saylovlarni tan olmaydi

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi kotibi Tanju Bilgich ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, Turkiya Ukrainaning hududiy yaxlitligini qo’llab-quvvatlaydi.

1708581
Turkiya Qrimda o‘tkazilgan Davlat dumasiga saylovlarni tan olmaydi

 

Turkiya tashqi ishar vazirligi bayonot berishicha, Qrim yarimorolida Davlat dumasiga bo‘lib o‘tgan saylovlar Anqara uchun yuridik kuchga ega emas, chunki mamlakat yarimorolning Rossiya Federatsiyasiga qo‘shib olinishini tan olgani yo‘q.

"Turkiya Ukrainaning hududiy birligini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi va Qrimning noqonuniy anneksiya qilinishini tan olmaydi. Shunga muvofiq, Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasiga bo‘lib o‘tgan saylovlar Qrimda ham tashkil etilgani Anqara uchun huquqiy kuchga ega emas", - deyiladi Turkiya tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Tanju Bilgichning  mazkur idora saytida e’lon qilgan xabarida.

Qrim Rossiya tarkibiga  2014 yilda referendum orqali qo‘shib olingan. Refrendum natijasiga ko‘ra, 96,77 foiz qrimliklar va 95,6 foiz sevastopolliklar Rossiyaga qo‘shilishi uchun ovoz berdi. Ammo ko‘p davlatlar, jumladan AQSH va Ukraina Qrimni Rossiya tomonidan vaqtinchalik bosib olingan Ukraina hududi, deb hisoblaydi.

Shuningdek, Yevropa Ittifoqi ham Rossiyaning noqonuniy ravishda ishg’ol qilgan Qrimda saylov o’tkazganini qoralab, saylov natijalarini tan olmasligini ma’lum qildi.


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Qrim , #Turkiya

Aloqador xabarlar