Prezident Erdoʻgʻan: "Islomofobiya tinchlikka tahdid soluvchi halokatli oqimga aylandi".

Prezident Erdoʻgʻan, Nyu-Yorkda Turk-Amerika Milliy boshqaruv qoʻmitasi tomonidan uyushtirilgan “Yana-da adolatli dunyo boʻlishi mumkin”.-deb nomlangan konferensiyada nutq soʻzladi.

1707972
Prezident Erdoʻgʻan: "Islomofobiya tinchlikka tahdid soluvchi halokatli oqimga aylandi".
erdogan abd musluman toplumu.jpg
erdogan abd tasc1.jpg
erdogan abd tasc.jpg

Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan, islomofobiyaning tinchlikka tahdid soluvchi halokatli oqimga aylanganini qayd etdi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining 76-Bosh Assambleyasida ishtirok etish maqsadida Amerika Qoʻshma Shtatlarining (AQSh) Nyu-York shahriga borgan Prezident Erdoʻgʻan, Turk-Amerika Milliy boshqaruv qoʻmitasi tomonidan uyushtirilgan “Yana-da adolatli dunyo boʻlishi mumkin”.-deb nomlangan konferensiyada nutq soʻzladi.

Insoniyat sifatida yangi turdagi koronavirusdan (Kovid-19) tashqari undan ham yomon boshqa virusga qarshi da kurash olib borganliklarini qayd etgan Erdoʻgʻan:

“Bu virusning nomi islom dushmanligidir. Yillar davomida demokratiya va erkinlikning beshigi qatori oʻrnak koʻrsatilgan davlatlarda bu virus jadal tusda yoyilmoqda. Islom dushmanligi va chet elliklarga boʻlgan qarshilik bugungi kunda siyosatni qoʻlga oldi. Musulmonlarning kundalik hayotini murakkablashtirgan, davlat siyosatlarini shakllantirgan va ijtimoiy tinchlikka xavf tugʻdirgan dahshatli oqimga aylandi”.-dedi.

Zehni jihatidan DEAShdan hech qanday farqi yoʻq bu ideologik fanatizmning farqli jamiyat qatmanlari tubiga singib ketganiga guvoh boʻlganliklarini ifoda etgan Erdoʻgʻan, dunyoning bir necha mamlakatida ishonchi, tili, ismi yoki kiyim-kechagi tufayli musulmonlarning yakkalanishining oddiy holatga aylanganini qayd etdi.

Prezident Erdoʻgʻan, ham nodavlat notijorat tashkilotlar orqali ham da yakka tartibda islom dushmanligiga qarshi kurash olib borilganiga ham guvoh boʻlgani va bundan nihoyatda  xursand ekanini ta’kidlagan holda:

“Biz ega boʻlgan bu katta tajriba orqali nafratlar va madaniy irqchilikka qarshi yana-da koʻproq hissa qoʻshishimiz muhimdir. Turkiya sifatida biz ham xalqaro platformalarda islom dushmanligi va murosasizlikka qarshi kurashda yetakchi rol oʻynayabmiz”.-dedi.

Turk jamiyatining Amerika jamiyatiga qoʻshgan hissalari Turk-Amerika munosabatlariga ijobiy ta’sir qilganini ta’kidlagan Erdoʻgʻan, ayniqsa AQShda yashagan turk fuqarolari tomonidan tashkil etilgan nodavlat notijorat tashkilotlarining Turkiya madaniyati va tarixini amerikaliklarga tanitish haqidagi faoliyatlarini olqishga sazovor deb topganliklarini bildirdi.

Prezident Erdoʻgʻan, AQShdagi musulmon jamoasining taniqli vakillarini ham qabul qildi.

Qabul matbuot uchun yopiq ravishda amalga oshdi.

 



Aloqador xabarlar