Prezident Erdoʻgʻan: Yuzma-yuz ta’lim jarayonini davom ettirishda qarorimiz qat’iydir

Erdoʻgʻan, Istanbulda joylashgan Sultan Ahmet nomidagi Kasbiy-texnik anadoʻlu litseyida 2021-2022 oʻquv yili ochilish marosimida ishtirok etdi.

1703413
Prezident Erdoʻgʻan: Yuzma-yuz ta’lim jarayonini davom ettirishda qarorimiz qat’iydir

Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan,

“Yangi turdagi koronavirus pandemiyasi yaratgan muammolarga qaramay mamlakatda ta’lim-tarbiyani oqsatmagan dunyoning bir necha davlatidan biri boʻldik”.-dedi.

Erdoʻgʻan, Istanbulda joylashgan Sultan Ahmet nomidagi Kasbiy-texnik anadoʻlu litseyida 2021-2022 oʻquv yili ochilish marosimida ishtirok etdi.

Prezident Erdoʻgʻan unda soʻzlagan nutqida, 2021-2022 oʻquv yilining oʻquvchilar, oʻqituvchilar, ota-onalar, ta’lim-tarbiya jamoasi va butun yurtga hayirli boʻlishini tiladi.  

Yuzma-yuz ta’lim jarayonini davom ettira olish uchun emlanishning ahamiyatiga e’tibor qaratgan Erdoʻgʻan:

Emlanish boʻyicha 100 millionga yaqin vaksina qabul qilinganini ham oʻz soʻziga ilova etdi.

Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan,

“Milliy ta’lim vazirligida tashkil topgan raqamli infratuzilma orqali maktablarimizdagi jarayonlarni, kasalliklardagi oxirgi vaziyatni yaqindan kuzatyapmiz. Yuzma-yuz ta’lim jarayonini davom ettirishda qarorimiz qat’iydir”. – deya gapirdi.

Xalqni emlanishga chaqirgan Preziden soʻzlarini:

“Navbati kelgan barcha fuqaromiz, ta’lim-tarbiya jamoamiz bosh boʻlish bilan birga ota-onalarni ham emlanishga taklif qilaman. Dunyodagi bir necha davlatning emlanish boʻyicha jiddiy muammolarga duch kelganini hisobga olsak unda uning oldida yurtimiz, muhim imkonga ega. Pandemiyaning yoyilishini oldini olish oʻquvchilarimiz, oʻqituvchilarimiz, ota-onalarimiz bosh boʻlish bilan birga hammamizning choralarga amal qilishimizga bogʻliqdir”.- deb yakunladi.

 

 



Aloqador xabarlar