Mavlud Chavusho’g’li Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich tomonidan qabul qilindi
“Janob Vuchich bilan ko’p qirrali munosabatlarimizni va mintaqaviy hamkorlik bo’yicha qo’shma loyihalarimizni muhokama qildik”,-deb yozgan Mavlud Chavusho’g’li twitterdagi sahifasida.
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li kecha, 31-avgust kuni Serbiyaga tashrif buyurdi.
Mavlud Chavusho’g’li tashrif doirasida poytaxt Belgradda Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich tomonidan qabul qilindi.
Bu haqda Mavlud Chavusho’g’lining twitterdagi rasmiy sahifasida ma’lum qilingan.
“Janob Vuchich bilan ko’p qirrali munosabatlarimizni va mintaqaviy hamkorlik bo’yicha qo’shma loyihalarimizni muhokama qildik”,-deb yozgan Mavlud Chavusho’g’li twitterdagi sahifasida.
Mavlud Chavusho’g’li qabul chog’ida Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchichga Turkiyaning “Anadolu Efes” basketbol jamoasi tomonidan imzolangan formani sovg’a qildi.
Shuningdek, Serbiya bosh vaziri Ana Brnavich bilan ham uchrashgan Mavlud Chavusho’g’li: “Munosabatlarimizni atroflicha muhokama qildik. Serbiyaga investitsiya kiritgan tadbirkorlarimizning talab va istaklarini yetkazdik”,-dedi.